Barcha yangiliklar
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqiga yo‘llagan murojaatnomasi mazmun-mohiyati va belgilangan vazifalarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlashga doir targ‘ibot tadbiri
Gallery image 77013
Gallery image 77014
Gallery image 77015
Gallery image 77016
Gallery image 77017
Gallery image 77018
Gallery image 77019
MARDANOV TUYCHI NORBOYEVICH
09 Yan 2026
11:04

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqiga yo‘llagan murojaatnomasi mazmun-mohiyati va belgilangan vazifalarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlashga doir targ‘ibot tadbiri

#Murojaatnoma Mamlakatimizni ilm-ma’rifat yurtiga aylantiramiz...

Dehqonobod tumanidagi 59-maktabida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqiga yo‘llagan murojaatnomasi mazmun-mohiyati va belgilangan vazifalarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlashga doir targ‘ibot tadbiri o'tkazildi. 

Murojaatnomada bugungi murakkab zamonda yoshlarimizni turli sinovlarga chidamli, vatanparvar insonlar etib tarbiyalash, xalqimizni yanada birlashtirish va jipslashtirishda, hech shubhasiz, oʻzini oʻzi boshqarishning noyob tizimi boʻlgan mahallaning oʻrni va ahamiyati katta ekanligi ta’kidlandi. 

Prezidentimiz 2026-yilda yurtimizda ilk bor maktab oʻquvchilari oʻrtasida nufuzli xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar talabalari oʻrtasida muhandislik yoʻnalishlarida, Turkiy davlatlar texnikumlari oʻquvchilari oʻrtasida kasb yoʻnalishlarida xalqaro olimpiadalar oʻtkazilishini e’lon qilib, pedagoglar zimmasida katta mas’uliyat yuklangani bejizga emas.