Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. Chinoz tumanida ochiq muloqot: aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda
Gallery image 76986
Gallery image 76987
Gallery image 76988
Gallery image 76989
Gallery image 76990
Gallery image 76991
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
09 Yan 2026
10:37

CHINOZ TUMANI. Chinoz tumanida ochiq muloqot: aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda

Chinoz tumanida ochiq muloqot: aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda 

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyat mudiri, deputat Asqar Baxramov Xalq qabulxonasi binosida aholi murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida navbatdagi qabulni o‘tkazdi.

Qabulda Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Miryakubov hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Bu esa murojaatlarni tezkor va samarali hal etish imkonini berdi.

Fuqarolarning murojaatlari asosan uy-joy, bandlik, kadastr, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti, shuningdek sog‘liqni tiklash va oilaviy nizolar bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.

Qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, qolganlari esa mas’ul tashkilot rahbarlariga ijrosini ta’minlash uchun topshiriq tarzida yuborildi. Ayrim fuqarolarga esa huquqiy maslahatlar berildi.