Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan mahalladagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.
Gallery image 76810
Gallery image 76811
Gallery image 76812
Gallery image 76813
Gallery image 76814
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
08 Yan 2026
13:58

Deputat tomonidan mahalladagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.

 Buloqboshi tumani Qaqir MFY hududida istiqomat qilayotgan yoshlar va fuqarolar bilan Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi “Qaqir saylov okrugi”dan saylangan deputat Yuldasheva Dilafrus Abdullayevna suxbat o’tkazdi. 

Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda mavjud bo‘sh
ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
 

Shuningdek, Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor
vazifalar Yangi O‘zbekistonda inson qadri, adolat va farovonlikni ta’minlash yo‘lida muhim dastur
ekanligi
fuqarolarga aytib o‘tildi
 

Shu bilan birga yoshlarni qiynayotgan muammolar va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga xabardor qilish belgilab olindi. Uchrashuv yakunida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.