Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 76802
Gallery image 76803
Gallery image 76804
Gallery image 76805
Gallery image 76806
Gallery image 76807
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
08 Yan 2026
12:20

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

ususan, bugun Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyatining haftalik ish rejasiga muvofiq, Kengash huzuridagi “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasi faoliyati samaradorligini o‘rganish, shuningdek 2026-yil uchun 6 oylik ish rejasini ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi binosida bo‘lib, unda Kengash kotibiyati mudiri Xusnara Berdiyarova hamda partiya rahbari Alibek Amanlikov ishtirok etdi. Muloqot davomida partiyaning amaldagi faoliyati tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, tashkiliy masalalar va hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Yakunda 2026-yilning birinchi yarim yilligi uchun aniq vazifalar belgilab olinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.