Barcha yangiliklar
Haqiqat MFYda elektr ta`minoti muammolari ijobiy hal etildi
Gallery image 76781
Gallery image 76782
Gallery image 76783
Gallery image 76784
Gallery image 76785
Gallery image 76786
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
08 Yan 2026
11:17

Haqiqat MFYda elektr ta`minoti muammolari ijobiy hal etildi

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Abdug`ofurov Shohruxbek tomonidan aholi murojaatlari asosida Haqiqat MFY hududida elektr ta`minotida mavjud bo`lgan nosozliklar o`rganib
chiqildi. Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida tuman elektr tarmoqlari bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borildi.
O`rganishlar jarayonida elektr uzatish tarmoqlaridagi texnik kamchiliklar, eskirgan uskunalar hamda ayrim hududlarda kuzatilayotgan uzilishlar aniqlandi. Shunga muvofiq, mutaxassislar tomonidan nosoz simyog`ochlar almashtirildi, elektr liniyalari ta`mirlandi va tarmoqning barqaror ishlashi ta`minlandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida Haqiqat MFY aholisining elektr ta`minoti yaxshilanib, uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta`minlashga erishildi. Deputat Abdugofurov Shohruxbek kelgusida ham aholining muammolarini o`z vaqtida hal etish, kommunal xizmatlar sifatini
oshirish bo`yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishini ta`kidladi.