Barcha yangiliklar
#jamoatchilik nazorati #o'rganish
Gallery image 76637
Gallery image 76638
Gallery image 76639
Gallery image 76640
Gallery image 76641
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
16 Dek 2025
17:21

#jamoatchilik nazorati #o'rganish

🔰Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Sanjar Mamayusupov, Lenura Baydullayeva hamda Ichki ishlar bo'limi mas'ullari, Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari, Bozor nazorati xodimlari bilan birgalikda yangi yil kirib kelishi munosabati bilan shahardagi "Oydin" dehqon bozorida aholining kundalik ehtiyoji uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va ularning mavjudligi holati o‘rganildi.

♻️O‘rganish jarayonida bozor rastalaridagi go'sht mahsulotlari va sabzavotlar hamda mevalarning sifati, narx-navosi va savdo sharoitlari, sanitar holati hamda aholiga yetarli miqdorda taqdim etilayotganligi yuzasidan o'rganish olib borildi.

🔰Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — aholining iste’mol savatchasiga kiradigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha narxlar barqarorligini ta'minlash va fuqarolarga qulay savdo sharoitlarini yaratishdan iboratdir.