Barcha yangiliklar
#jamoatchilik nazorati #o'rganish
Gallery image 76616
Gallery image 76617
Gallery image 76618
Gallery image 76619
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
13 Dek 2025
17:16

#jamoatchilik nazorati #o'rganish

🔰Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Zuhra Pulatova, Abdujabbor Djurayev hamda shahar hokimligi iqtisodiyot va sanoat bo'limi mas'ullari bilan birgalikda yangi yil kirib kelishi munosabati bilan shahardagi "Oydin" dehqon bozorida aholining kundalik ehtiyoji uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va ularning mavjudligi holati o‘rganildi.

♻️O‘rganish jarayonida bozor rastalaridagi go'sht mahsulotlari va sabzavotlarning sifati, narx-navosi va savdo sharoitlari hamda aholiga yetarli miqdorda taqdim etilayotganligi yuzasidan monitoring olib borildi.

🔰Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — aholining iste’mol savatchasiga kiradigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha narxlar barqarorligini ta’minlash, sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarga qulay savdo sharoitlarini yaratishdan iboratdir.