Barcha yangiliklar
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Gallery image 76562
Gallery image 76563
Gallery image 76564
Gallery image 76565
Gallery image 76566
Gallery image 76567
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
07 Yan 2026
16:44

Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati X. Xamdamova tomonidan shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-maktab jamoasi bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha suhbat o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputat Murojaatnomaning xalqimiz farovonligini oshirish, Yangi O‘zbekistonni barpo etish hamda yurtimizni yanada rivojlantirishdagi muhim ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Murojaatnomada belgilangan oltita ustuvor yo‘nalish har bir fuqaroning hayotiy dasturiga aylanishi, ayniqsa, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda pedagog-o‘qituvchilarning o‘rni muhim ekani ta’kidlandi.