Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 76532
Gallery image 76533
Gallery image 76534
Gallery image 76535
Gallery image 76536
Gallery image 76537
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
07 Yan 2026
16:02

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xususan, Kengash raisi Obloqul Isanov, kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova hamda deputat Xalniso Shayimovalar tomonidan "Sarmich" va "Jo‘langar" mahallalarida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar joyida o‘rganildi.

📌 Birinchi murojaat

Aholi tomonidan bildirilishicha, mahallada maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani fuqarolarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Ushbu masala yuzasidan tuman “Toza hudud” tashkiloti bilan bog‘lanilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan ishlar amalga oshirilishi takidlandi.

📌 Ikkinchi murojaat

Yana bir fuqaro tomonidan ta’lim muassasasida dars soatlari asossiz qisqartirilgani haqida murojaat bildirildi. Mazkur murojaat bo‘yicha holatni atroflicha o‘rganish maqsadida ishchi guruh tuzilib, masalaga aloqador barcha tomonlar ishtirokida o‘rganish ishlari olib borilishi ta’kidlandi.

Deputatlar tomonidan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar nazoratga olinib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar davom ettirilishi qayd etildi.