Barcha yangiliklar
MIROBOD TUMANIDA QISH MAVSUMIDA AHOLINI ARZON VA SIFATLI OZIQ-OVQAT BILAN TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI
Gallery image 76499
Gallery image 76500
Gallery image 76501
Gallery image 76502
Gallery image 76503
Gallery image 76504
Gallery image 76505
Gallery image 76506
Gallery image 76507
Gallery image 76508
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
05 Yan 2026
13:55

MIROBOD TUMANIDA QISH MAVSUMIDA AHOLINI ARZON VA SIFATLI OZIQ-OVQAT BILAN TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Toshkent shahar prokurori v.v.b. A. Urmanov, Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari X. Mirsoatov, Mirobod tumani prokurori B.Abdullayev, tuman IIOFMB boshlig‘i U. Nasriddinov, Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputatlari hamda Mirobod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari A. Salaydinov tomonidan qish mavsumida aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash borasida Mirobod tumanida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida Mirobod dehqon bozorida narx-navoning barqarorligi, aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi, savdo shoxobchalarida gigiyena va sanitariya talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholi uchun yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligi, ularning sifati va narx ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.