Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 76491
Gallery image 76492
Gallery image 76493
Gallery image 76494
Gallery image 76495
Gallery image 76496
Gallery image 76497
Gallery image 76498
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
23 Dek 2025
13:46

XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 19-dekabr kuni Mirobod tumani hokimligi muzokaralar zalida Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash doimiy komissiyalarining yig’ilish majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Yig’ilish ishida deputatlar, hokim o‘rinbosarlari, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman Iqtisodiyot va Moliya bo‘limi rahbari va tegishli idora-tashkilot mas’ullari ishtirok etdi. 

Yig’ilishda tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Mirobod tumani mahalliy byudjetining 2026-yil uchun ko‘rsatkichlari, 2026-yil uchun mo’ljallangan soliq koifitsiyentlari va “Ayollar daftari”ni yuritish bo’yicha 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar va 5 ga yaqin masala yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisobotlari tinglandi. 

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan komissiya a’zolarining fikri tinglanib, qaror loyihalarini navbatdagi sessiyaga kiritish bo‘yicha takliflar ma’qullandi.