Barcha yangiliklar
“Yashil makon” umummilliy loyihasida Ishtixon tumani deputatlari faol qatnashmoqda.
Gallery image 7529
Gallery image 7530
Gallery image 7531
Gallery image 7532
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
01 Apr 2024
08:47

“Yashil makon” umummilliy loyihasida Ishtixon tumani deputatlari faol qatnashmoqda.

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Abror Kazakov Davlatimiz rahbari bergan topshirig‘iga asosan “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol qatnashdi. Deputat A.Kazakov “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida o‘z saylov okrugidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududidagi bo‘sh turgan yerga 60 tup meva va terak ko‘chatlarini ekdi.

Safimizga qo‘shiling - tumanimizni yashil makonga aylantirib, o‘zimiz uchun, bolalar, farzandlar, kelajak avlodlar uchun hech bo‘lmaganda bir siqim yaxshilik, bir misqol toza havo, bir chimdim soya yarataylik – har birimiz hech bo‘lmaganda bittadan ko‘chat o‘tqazib, parvarishlaylik.

Bu sizu bizning qo‘limizdan keladigan va bajarishimiz zarur, insoniy burch bo‘lgan ishdir.

Ko‘chat o‘tqazib, yurtni obod qilishdek xayrli ishda chekkada turmang, aziz yurtdoshlar!

Yangi O‘zbekiston – Yashil makonda birga yashaylik!