Barcha yangiliklar
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi
Gallery image 76070
Gallery image 76071
Gallery image 76072
Gallery image 76073
Gallery image 76074
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
06 Yan 2026
13:36

Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Tuman Kengashi deputatlari o‘zlari saylangan saylov okruglarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini jamoatchilik asosida o‘rganishmoqda. Xususan Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna oʻzi saylangan okrugdagi “Novdak” MFY “Do‘stlik” ko‘chasi ichki yo‘llarini Parkent tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi tomonidan joriy ta`mirlash ishlarini “mahalla yettiligi” bilan joyiga chiqqan xolda o‘rganib, jamoatchilik nazoratini olib bormoqda. O‘rganishlar davomida mahalla raisi bilan birga qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.