Barcha yangiliklar
“Yashil makon” umummilliy loyihasida Ishtixon tumani deputatlari faol qatnashmoqda.
Gallery image 7484
Gallery image 7485
Gallery image 7486
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
30 Mar 2024
09:51

“Yashil makon” umummilliy loyihasida Ishtixon tumani deputatlari faol qatnashmoqda.

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Aziz Rabbimov Davlatimiz rahbari bergan topshirig‘iga asosan “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol qatnashdi. Deputat A.Rabbimov “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida o‘z saylov okrugidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududidagi bo‘sh turgan yerga 40 tup archa ko‘chatlarini ekdi.

Safimizga qo‘shiling - tumanimizni yashil makonga aylantirib, o‘zimiz uchun, bolalar, farzandlar, kelajak avlodlar uchun hech bo‘lmaganda bir siqim yaxshilik, bir misqol toza havo, bir chimdim soya yarataylik – har birimiz hech bo‘lmaganda bittadan ko‘chat o‘tqazib, parvarishlaylik.

Bu sizu bizning qo‘limizdan keladigan va bajarishimiz zarur, insoniy burch bo‘lgan ishdir.

Ko‘chat o‘tqazib, yurtni obod qilishdek xayrli ishda chekkada turmang, aziz yurtdoshlar!

Yangi O‘zbekiston – Yashil makonda birga yashaylik!