Barcha yangiliklar
Yangiobod tumanida Doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 75862
Gallery image 75863
Gallery image 75864
Gallery image 75865
Gallery image 75866
Gallery image 75867
Gallery image 75868
USMONOV UMIDJON RAYIMQUL O‘G‘LI
24 Dek 2025
16:28

Yangiobod tumanida Doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi

Majlis kun tartibiga 8 ta masala kiritilib, ular yuzasidan mas’ul rahbar va mutaxassislar tomonidan axborot va hisobotlar taqdim etildi. Jumladan, 2026-yilgi mahalliy byudjetni tasdiqlash, soliq stavkalariga koeffitsiyentlar qo‘llash, tumanning 2026-yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi, xotin-qizlar bilan ishlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash, davlat tili va
reklama to‘g‘risidagi qonunlar ijrosi, Prezident qarori ijrosi hamda deputat vakolatini muddatidan ilgari tugatish masalalari muhokama qilindi.
Har bir masala yuzasidan deputatlar tomonidan savollar berilib, o‘rinli taklif va tashabbuslar bildirildi. Muhokamalar yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.