Barcha yangiliklar
#muhim
Gallery image 75721
OMANBOYEV IBROHIM SHAVKAT O‘G‘LI
21 Noy 2025
11:26

#muhim

✅Joriy yilning 21-noyabr kuni Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati" o‘tkazildi. Unda shahar hokimi o'rinbosarlari, apparat xodimlari hamda korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Bugungi o‘quv soatida: O‘zbekiston va xorijdagi ahamiyatga molik muhim jarayonlar dayjesti, ma'naviy-ma'rifiy videolavhalar namoyish etildi. Shuningdek, ijodkorlarning ijod namunalari ham o'qib eshittirildi. 

Siyosiy-ma’rifiy bilim — samarali davlat fuqarolik xizmatini ko‘rsatishda asosiy omildir. Davlat xizmatchilari uchun joriy haftaga rejalashtirilgan "Siyosiy-ma’rifat soati"ning navbatdagi onlayn mashg‘uloti yuqori saviyada tashkil etilgani bilan ahamiyatga molikdir.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati