Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi
Gallery image 75664
Gallery image 75665
Gallery image 75666
Gallery image 75667
Gallery image 75668
Gallery image 75669
Gallery image 75670
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
29 Dek 2025
21:39

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi

Bugun Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida Jizzax viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Zafar Azimov, Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov, shahar Kengashi deputatlari bilan bir qatorda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibiga kiritilgan 9 ta masala yuzasidan mas’ul rahbarlar tomonidan batafsil axborot va hisobotlar taqdim etildi. Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan dolzarb savollar berilib, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qaratilgan o‘rinli taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.