Barcha yangiliklar
📌 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi saylandi
Gallery image 75628
Gallery image 75629
Gallery image 75630
Gallery image 75631
Gallery image 75632
Gallery image 75633
Gallery image 75634
Gallery image 75635
Gallery image 75636
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
29 Dek 2025
18:16

📌 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi saylandi

Barchangizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi 120-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan saylangan rais boshchilik qilishi hamda viloyat, tuman va shahar hokimi bir vaqtning o‘zida Kengash raisi bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.

Konstitutsiyaning o‘tish qoidalariga asosan mazkur tartib bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Xususan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab ushbu amaliyot barcha tuman (shahar) Kengashlariga tatbiq etilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, bugun “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16³-moddasida belgilangan tartibda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi saylovi o‘tkazildi.

🗳 Saylov natijalariga ko‘ra, Naxalov Zayniddin G‘uzornoyevich Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi etib saylandi.

Yangi saylangan Kengash raisi faoliyati mahalliy vakillik organi nufuzini oshirish, deputatlar va jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishi kutilmoqda.