Barcha yangiliklar
Doimiy Komissiya faoliyati
Gallery image 75530
Gallery image 75531
Gallery image 75532
Gallery image 75533
Gallery image 75534
Gallery image 75535
Gallery image 75536
Gallery image 75537
Gallery image 75538
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
27 Dek 2025
16:20

Doimiy Komissiya faoliyati

Doimiy Komissiya faoliyati

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi” ning 2025-yil 27-dekabrda navbatdagi yig'ilishi boʻlib o'tdi. 

🔴Yig'ilish kun tartibidagi birinchi masala - Jarqo‘rg‘on tumanining 2026 yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida.

🔴Yig'ilish kun tartibidagi ikkinchi masala - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 20-dekabrdagi PF–223 sonli Farmoni asosida tumanni 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida.

🔴Yig'ilish kun tartibidagi uchinchi masala - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17 sonli farmoni ijrosi yuzasidan tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasining 2025-yil tushumlaridan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratilayotgan mablag‘lar ro‘yxatini tasdqilash to‘g'risida.

🔴Yig'ilish kun tartibidagi to'rtinchi masala - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17 sonli farmoni ijrosi yuzasidan tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasining 2025-yil tushumlaridan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratilayotgan mablag‘lar ro‘yxatini tasdqilash to‘g'risida.

🔴Deputatlar tomonidan tegishli idora va tashkilotlar rahbarlariga tuman darajasida hal etiladigan ichki yо‘l, ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiy gaz, suyutirilgan gaz kabi muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar bildirildi.