Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 75522
Gallery image 75523
Gallery image 75524
Gallery image 75525
Gallery image 75526
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
27 Dek 2025
14:51

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinov tomonidan Zarabog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla hududi hamda undagi ijtimoiy obyektlar bilan bog‘liq mavjud muammolar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2024-yil 28-martdagi PQ-141-sonli qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib bordi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi hamda mas’ul tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborildi. Ushbu masalalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida deputatlik nazorati o‘rnatildi.