Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yig‘ilishida tumanning 2026-yil budjeti va shaharsozlik hujjatlari ijrosi muhokama qilindi.
Gallery image 75484
Gallery image 75485
Gallery image 75486
Gallery image 75487
Gallery image 75488
Gallery image 75489
Gallery image 75490
Gallery image 75491
Gallery image 75492
Gallery image 75493
Gallery image 75494
Gallery image 75495
Gallery image 75496
ISMOILOV ABDULAZIZ SOLIJON O‘G‘LI
12 Dek 2025
11:53

Doimiy komissiya yig‘ilishida tumanning 2026-yil budjeti va shaharsozlik hujjatlari ijrosi muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tumanning 2026-yilga mo‘ljallangan mahalliy budjeti dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida kelgusi yilda budjet daromad va xarajatlari prognozi, ijtimoiy soha va infratuzilma uchun ajratiladigan mablag‘lar, tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yo‘nalishlar bo‘yicha mutasaddilar hisoboti tinglandi. Komissiya a’zolari har bir yo‘nalish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Shuningdek, majlis kun tartibida tuman hududida shaharsozlik hujjatlari ijrosi masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bunda aholi punktlari bosh rejalarining yangilanishi, qurilish jarayonlarining belgilangan tartiblarga muvofiqligi hamda yangi obyektlarning hududiy rivojlanish konsepsiyasiga mosligi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Yig‘ilish yakunida komissiya a’zolari muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi