Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining 11-sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 75464
Gallery image 75465
Gallery image 75466
Gallery image 75467
Gallery image 75468
Gallery image 75469
Gallery image 75470
Gallery image 75471
Gallery image 75472
TURG‘UNOV OYBEK AVAZBEK O‘G‘LI
26 Dek 2025
09:57

Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining 11-sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengashining o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputatlari hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibiga 7 ta masala kiritilib, ular yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Jumladan, shaharsozlik hujjatlari ijrosi, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish, to‘y va marosimlarni tartibga solish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, Oltinko‘l tumanining 2026-yilgi mahalliy byudjeti tasdiqlandi hamda amaldagi Kengash qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli Kengash qarorlari qabul qilindi.