Barcha yangiliklar
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi
Gallery image 75431
Gallery image 75432
Gallery image 75433
Gallery image 75434
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
26 Dek 2025
17:28

Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna oʻzi saylangan okrugdagi “Bodomtepa” va “Quruqsoy” mahallarida boʻlib “Mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Tadbirda deputat tomonidan mamlakatimizda qonunchilik sohasida yuz berayotgan o‘zgarish va yangiliklar, qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, “Mahalla yettiligi”ning faoliyati, xususan mahalladagi nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati yuzasidan “Bodomtepa”
va “Quruqsoy” mahallalari ijtimoiy xodimlarining o‘z yo‘nalishdagi faoliyati samaradorligi bilan yaqindan tanishdi. Xususan ijtimoiy xizmat xodimi tomonidan MFY hududida yashovchi yolg‘iz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kabi aniq vazifalar bo‘yicha amalga oshirgan ishlarining maqsadli va manzilli ko‘rsatilgani yuzasidan nazorat-taxlil o‘tkazdi hamda samarali faoliyat yuritayotgani aniqlandi.