Barcha yangiliklar
Deputat mahallada
Gallery image 75382
XUDOYQULOVA GULNORA UBAYDULLAYEVNA
26 Dek 2025
15:30

Deputat mahallada

 Taraqqiyot saylov okrugida ijtimoiy yordam deputat nazoratida 

Mahallada ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga
ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan
oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamning tayinlanishi va to‘lanishi
18-Taraqqiyot saylov okrug deputati B. Nuriddinov tomonidan o‘rganildi.
 

Tashrif davomida deputat oilalarning ijtimoiy va moddiy holati, nafaqa va yordamlarni olishdagi
muammolar bilan tanishdi. Shuningdek, aholi murojaatlari tinglanib, ijtimoiy
xizmatlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
 

B. Nuriddinov aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va nafaqa hamda yordamlardan samarali
foydalanish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini
ta’kidladi.