Barcha yangiliklar
Jamoatchilik nazorati
Gallery image 75358
Gallery image 75359
Gallery image 75360
Gallery image 75361
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
26 Dek 2025
11:01

Jamoatchilik nazorati

 O‘zXDP Jizzax shahar Kengashi deputatlik guruhi rahbari M.Imomov boshchiligidagi partiya deputatlik guruhi tomonidan joriy yilga mo‘ljallangan amaliy Harakat dasturidan kelib chiqib, jamoatchilik nazorati asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi 408-sonli “Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori talablarining joylardagi ijrosi holati o‘rganib chiqildi. 

Eʼtiborli jihati, o‘rganish yakunlari mutasaddi tashkilotlar ishtirokida dastlab, o‘rnatilgan tartibda partiya guruhi va tegishli doimiy komissiya yig‘ilishlarida muhokama etilgani holda, qaror talablari ijrosini to‘laqonli taʼminlash maqsadida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdagi sessiya yig‘ilishi muhokamasiga kiritish choralari belgilandi.