Barcha yangiliklar
Yoshlar va  ijtimoiy faollik
Gallery image 75274
Gallery image 75275
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
25 Dek 2025
17:09

Yoshlar va ijtimoiy faollik

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining deputati U.Abdunazarov Bekobod shahar 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining faollar zalida “Yoshlar va ijtimoiy faollik” mavzusidagi uchrashuvda ishtirok etdi. Tadbirda bugungi kunda dunyo tez o‘zgarib borayotgani va hayotimizning barcha sohalarida katta yangiliklarni boshdan kechirayotganimiz haqida so‘z yuritildi. Ushbu yangiliklar va texnologiyalar bir necha yil oldin umuman mavjud bo‘lmagani, bugungi kunda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni tashabbuskorligi va masʼuliyati haqida aytib o‘tildi. Shuningdek, yoshlarning huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish, bu borada yaxshi o‘qishi to‘g‘risida
to‘xtalib o‘tildi.