Barcha yangiliklar
Kuz–qish mavsumi uchun ajratilgan ko‘mir sifati bo‘yicha deputatlik nazorati
Gallery image 75193
Gallery image 75194
Gallery image 75195
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
25 Dek 2025
12:42

Kuz–qish mavsumi uchun ajratilgan ko‘mir sifati bo‘yicha deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati Keldibekova Sanobar Abduraxmonovna tomonidan tumandagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz–qish mavsumi uchun ajratilgan ko‘mirning sifati yuzasidan deputatlik nazorati o‘tkazildi.

Nazorat-tahlil jarayoni davomida Adirobod MFY hududidagi 4-umumta'lim maktabida yetkazib berilgan ko‘mir namunalari belgilangan texnik va sifat talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘rganildi. Jumladan, ko‘mirning umumiy holati, namligi hamda issiqlik berish xususiyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ijtimoiy soha obyektlarining qish mavsumida barqaror faoliyatini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati ishlari belgilangan reja asosida davom ettiriladi.