Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. YANGI YIL QUVONCHI MAKTABDA — DEPUTAT ISHTIROKIDA BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI
Gallery image 75183
Gallery image 75184
Gallery image 75185
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
25 Dek 2025
12:26

CHINOZ TUMANI. YANGI YIL QUVONCHI MAKTABDA — DEPUTAT ISHTIROKIDA BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

⚡️Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Laziza Sobirjonova tumandagi Ahillik mahallasi hududida joylashgan 27-sonli umumta’lim maktabida Yangi yil munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.

✨Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan bayramona chiqishlar, she’r va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Zal Yangi yil ruhida bezatilib, bolalarning quvonch va shodligi bayramga yanada ko‘rk bag‘ishladi.

💫Deputat Laziza Sobirjonova tadbir ishtirokchilarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklab, farzandlarimizga sog‘lik-salomatlik, o‘qishlarida muvaffaqiyat va kelgusida yurtimiz ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shadigan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishlarini tiladi.

⚡️Mazkur tadbir o‘quvchilarga bayramona kayfiyat ulashib, ularning ijodiy va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi.