Barcha yangiliklar
"Allon" MFY fuqarolari murojaatlari o'rganildi.
Gallery image 75121
Gallery image 75122
Gallery image 75123
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
15 Dek 2025
16:19

"Allon" MFY fuqarolari murojaatlari o'rganildi.

"Allon" MFY fuqarolari murojaatlari o'rganildi.

Kuni kecha "Allon" MFY fuqarolari yig'inida o‘tkazilgan uchrashuv davomida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Feruza Salomova nuroniy va keksa onaxonlar bilan alohida suhbatlashib, ularning holidan xabar oldi.

Ular tomonidan bildirilgan fikr va muammolar diqqat bilan tinglanib, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tibbiy xizmat va kundalik ehtiyojlarga oid masalalar qayd etildi. Bildirilgan murojaatlarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar o‘rganilib, belgilangan tartibda ularni ijobiy hal etish, tegishli tashkilotlar bilan bog'langa holda masalalarni sifatli va ijobiy yakunlash bo'yicha mahalla yettiligi bilan muhokamalar olib borildi.