Barcha yangiliklar
Samandarak mahallasida infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Gallery image 75035
Gallery image 75036
Gallery image 75037
Gallery image 75038
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
19 Noy 2025
00:00

Samandarak mahallasida infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

       Bag‘dod tumanining Samandarak mahallasida infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Islomjon Axmedov tashabbusi bilan izchil davom etmoqda.

       Mahallaning asosiy yo‘llaridan biri — Jiydali ko‘chasida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 2 km dan ortiq masofadagi eskirgan yog‘och simyog‘ochlar o‘rniga 35 dona temir-beton tayanch o‘rnatilib, elektr simlari yangilandi va quvvati 120 kVA bo‘lgan yangi transformator o‘rnatiladi. Shuningdek, yo‘l bo‘ylariga beton to‘siqlar yotqizish va asfaltlash ishlari ham olib borilmoqda.

       Samandarakdagi bu ishlar hududning infratuzilmasini yaxshilash va aholining hayot sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.