Barcha yangiliklar
Tadbirkorlarning muammolari oʻrganilmoqda
Gallery image 7329
Gallery image 7330
Gallery image 7331
Gallery image 7332
Gallery image 7333
Gallery image 7334
XUDOYKULOV SUXROB SAYITKULOVICH
27 Mar 2024
22:35

Tadbirkorlarning muammolari oʻrganilmoqda

Tadbirkorlik subyektlariga soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi I.Jabborov, O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisining jamoatchilik bilan aloqalar va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati B.Xo‘jayorov, “Yuksalish” umummilliy harakati Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari – viloyat hokimining maslahatchisi E.Hamrayev, O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qoshidagi Faxriylar kengashi raisi X.Urakov hamda boshqa mas'ullar birgalikda tumandagi tadbirkorlarning muammolarini o‘rgandi.

Jumladan “Farovon” mahallasda joylashgan “Zafarjon Payariq metal” oilaviy korxonasi, “Fidokor” mahallasidagi “Global tex” masʼuliyati cheklangan jamiyati, “Bunyodkor” mahallasida faoliyat olib borayotgan “Sardor mebel” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda “Xalqabod” kichik sanoat zonasida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarida yuzaga kelayotgan muammolar oʻrganilib, hal etish choralari koʻrildi.