Barcha yangiliklar
Mahalladagi tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi.
Gallery image 75018
Gallery image 75019
Gallery image 75020
Gallery image 75021
MADAMINOV SHERZODBEK KOBILJONOVICH
24 Dek 2025
11:14

Mahalladagi tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bo'ston tumani Kengashi deputati Buxalima Soliyeva Gulshan hamda Bog'i eram mahalla hududida joylashgan Yangi obod oilaviy shifokorlik punkti (OShP) faoliyati o'rganildi. Shuningdek, shifokorlik punktida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, xususan, bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlash holati o‘rganildi. Deputat tibbiyot muassasasi xodimlari bilan suhbatlashib, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, murojaatlarni qabul qilish tartibi hamda hujjatlarni yuritish jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy yordam sifati hamda xizmat ko‘rsatish madaniyatiga e’tibor qaratildi.