Barcha yangiliklar
Deputatlik nazorati
Gallery image 74870
Gallery image 74871
Gallery image 74872
Gallery image 74873
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
23 Dek 2025
16:12

Deputatlik nazorati

Bugun Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 25-Oydin saylov okrugidan saylangan deputat Ismailov Qamariddin Abduraximovich o‘zi saylangan okrugidagi “Oydin” mahallasida joylashgan I.Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali huzuridagi akademik litseyda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirdi.Deputatlik nazorati jarayonida taʼlim muassasasining isitish uskunalarining texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi, uzatish tarmoqlarini, isitish qozonlari soz xolatda ekanligi hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va munosib sharoitlarni yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.O'rganish davomida kuz-qish mavsumida barqaror faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan ishlar amalga oshirilayotgani ma'lum bo'ldi. Tadbir so`ngida deputat tomonidan kuz-qish mavsumida e’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlar haqida to‘xtalib bu bo'yicha masʼullarga tavsiyalar berildi.