Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. Deputat tomonidan o'rganish ishlari davom etmoqda
Gallery image 74842
Gallery image 74843
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
20 Dek 2025
12:33

CHINOZ TUMANI. Deputat tomonidan o'rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Ra’no Fozilova tomonidan Beshkapa hududida joylashgan 40-sonli umumta’lim maktabining sport zali holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida sport zalining mavjud sharoitlari, moddiy-texnik bazasi hamda ta’mirtalab jihatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini samarali va xavfsiz tashkil etish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur chora-tadbirlar ko‘rish, sport zalini yaxshilash bo‘yicha amaliy takliflar berildi. Mazkur masala deputat tomonidan doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.