Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. Investitsiya loyihalari ijrosi deputat e’tiborida
Gallery image 74835
Gallery image 74836
Gallery image 74837
Gallery image 74838
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
22 Dek 2025
12:27

CHINOZ TUMANI. Investitsiya loyihalari ijrosi deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Rustam Raxmatov tomonidan hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va investitsiyalarni jalb etish borasidagi ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tuman hududida amalga oshirilayotgan amaldagi va istiqbolli investitsiya loyihalari, ularning bajarilish muddati, moliyalashtirish manbalari, ish o‘rinlari yaratish ko‘rsatkichlari hamda loyihalar ijrosida yuzaga kelayotgan muammo va to‘siqlar tahlil qilindi.

Shuningdek, investitsiya muhitini yanada yaxshilash, investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, loyihalar ijrosini jadallashtirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.