Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. Deputat tomonidan o'rganish ishlari davom etmoqda
Gallery image 74832
Gallery image 74833
Gallery image 74834
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
22 Dek 2025
12:26

CHINOZ TUMANI. Deputat tomonidan o'rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Xusan Arabbayev tomonidan Sutchilar mahallasida “mahalla yettiligi”ning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida, jumladan, hokim yordamchilari tomonidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlaridagi faoliyat holati tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli vazifalar belgilandi hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.