Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. Deputatning navbatdagi o‘rganishi
Gallery image 74824
Gallery image 74825
Gallery image 74826
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
23 Dek 2025
12:21

CHINOZ TUMANI. Deputatning navbatdagi o‘rganishi

🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati F.Ibragimov tomonidan Yo‘ltushgan mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Jumladan, mahallada hokim yordamchisi A.Turdiboyev tomonidan olib borilayotgan faoliyat samaradorligi, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi. 

♻️Shuningdek, mahalla yettiligining takliflari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

✅Mazkur o‘rganishlar aholining turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish hamda mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.