Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. Deputat tomonidan  qonunlar ijrosi o'rganildi
Gallery image 74819
Gallery image 74820
Gallery image 74821
Gallery image 74822
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
23 Dek 2025
12:12

CHINOZ TUMANI. Deputat tomonidan qonunlar ijrosi o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Laziz O‘tkirov tomonidan Chinoz tumani Qurilish va kommunal xo‘jaliklari bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 16-avgustdagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘RQ–803-sonli Qonuni ijrosining holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur Qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartiblariga rioya qilinishi, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarining shaffofligi hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati tahlil qilindi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar va mavjud muammolar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi hamda Qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.