Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 74736
Gallery image 74737
Gallery image 74738
Gallery image 74739
Gallery image 74740
Gallery image 74741
Gallery image 74742
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
22 Dek 2025
18:48

DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Mamatmuratov A’zamat Karamatovich tashabbusi bilan Oltinsoy tumani hududida joylashgan ijtimoiy soha muassasalarida issiqlik tizimlarining holatini o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirildi.

Mazkur o‘rganish ishlari davomida tumandagi 17-sonli umumta’lim maktabi hamda 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mavjud issiqlik ta’minoti tizimlarining texnik holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqildi hamda mas’ul tashkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etildi.

✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati