Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
Gallery image 74668
Gallery image 74669
Gallery image 74670
Gallery image 74671
Gallery image 74672
Gallery image 74673
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
22 Dek 2025
15:29

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Termiz shahar “Surxon sohili” MFYda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Raxmatulllayev hamda “mahalla vakillari” ishtirokida mahalla hududini rivojlantirish, aholi muammolarini samarali hal etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, aholini ijtimoiy xizmatlardan xabardorligini oshirish bo‘yicha saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchashuvda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Sh.Allamurodova va O‘zLiDeP Termiz shahar Kengashi apparat rahbari A.Tangirovlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda deputat mahallada aholini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etish, kambag‘al oilalarga ajratilayotgan mablag‘larni maqsadli va manzilli yo‘naltirish, mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsiz muhitni ta’minlash hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning ahamiyatini aholiga yetkazish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Uchrashuv so‘ngida, mahallaga tashrif buyurgan fuqarolar murojaatlari tinglanib, murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.