Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 74661
Gallery image 74662
Gallery image 74663
Gallery image 74664
Gallery image 74665
Gallery image 74666
Gallery image 74667
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
22 Dek 2025
14:59

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Deputatlar tomonidan Sherobod tumanidagi maktablar faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Xolmirzayeva Ra’no Shamilovna, shuningdek, xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi deputatlari Saloxiddin Irisov va Turg‘un Mirzayevlar tomonidan Sherobod tumanidagi 1-, 27- va 28-sonli umumta’lim maktablarida 2025–2026-o‘quv yilining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan nazorat-tahlil tartibida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, o‘quv binolarining joriy holati, isitish tizimlari va mavjud infratuzilmaning mavsumga tayyorgarlik darajasi, shuningdek, o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlarida muntazam ishtirok etishi bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Nazorat-tahlil yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda o‘quvchilarga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi