Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 74589
Gallery image 74590
Gallery image 74591
Gallery image 74592
Gallery image 74593
Gallery image 74594
Gallery image 74595
Gallery image 74596
Gallery image 74597
Gallery image 74598
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
20 Dek 2025
14:52

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

💼 Mahallalar taraqqiyoti — aholi fikri bilan

▫️Bekat va Anorzor mahallalarida ochiq muloqot": 

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi raisi Dilfuza Uralova "Bekat" va "Anorzor" mahallalarida jamoatchilik faollari, nuroniylar hamda aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda fuqarolarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.

📃 Aliment majburiyatlari muhokamada

▫️Ijtimoiy mas’uliyat masalalari ko‘rib chiqildi:

"Iftixor" va "O‘zbekiston" mahallalarida aliment to‘lovchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida aliment majburiyatlarini bajarish har bir fuqaroning ijtimoiy mas’uliyati ekani ta’kidlandi.

⚽️ Sport sohasida yil yakunlari

▫️2025-yil faoliyati sarhisob qilindi:

Sport maktablari murabbiylari bilan uchrashib, sport sohasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha yillik sarhisob o‘tkazdi. Kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilandi.

👮‍♂️ "Sohil" mahallasida uchrashuv

▫️Profilaktika va ijtimoiy barqarorlik masalalari muhokamada:

Shuningdek tuman Kengashi raisi "Sohil" mahallasida mahalla faollari bilan uchrashdi. Unda yoshlar va xotin-qizlar bandligi, ishsizlikni kamaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, oilaviy nizolar va ajrimlar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi.