Barcha yangiliklar
Uch avlod uchrashuvi
Gallery image 74578
Gallery image 74579
Gallery image 74580
Gallery image 74581
Gallery image 74582
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
20 Dek 2025
12:47

Uch avlod uchrashuvi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputatlari T.Niyazov va U.Abdunazarov tashabbusi bilan Bekobod shahar “Yangihayot” mahallasidagi 18-sonli umumta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar o‘quvchilarning puxta bilim olishlari, dars jarayonlariga o‘z vaqtida ishtirok etish davomat masalasi, avlodlar davomiyligi, kattaga hurmat, kichikka izzat, milliy qadriyatlar va oilaviy tarbiyaning ahamiyati haqida samimiy suhbatlar olib borildi. Uchrashuv davomida nuroniylar o‘z hayotiy tajribalari, ibratli xotiralari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarni ilmga, odob-axloqqa, ota-onani e’zozlashga da’vat etdilar. Tadbir yakunida turli sohalarda yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar maktab mamuriyatining maxsus "Diplom"lari bilan taqdirlandilar.