Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. Deputat  mahallada jinoyatchilikka qarshi kurash holatini o‘rgandi
Gallery image 74513
Gallery image 74514
Gallery image 74515
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
17 Dek 2025
17:08

CHINOZ TUMANI. Deputat mahallada jinoyatchilikka qarshi kurash holatini o‘rgandi

Deputat mahallada jinoyatchilikka qarshi kurash holatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Mirsoat Mirsodiqov Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida, jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni bartaraf etish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar holati muhokama qilindi.

Deputat tomonidan mas’ul idoralar, mahalla faollari va profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, aholi bilan muloqot qilish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.