Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. Mahalla faoliyati samaradorligi o‘rganildi
Gallery image 74504
Gallery image 74505
Gallery image 74506
Gallery image 74507
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
18 Dek 2025
17:07

CHINOZ TUMANI. Mahalla faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Abduvohid Turdiboyev Sutbuloq mahallasida mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishdi. O‘rganish jarayonida hokim yordamchilari faoliyati, jumladan, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar, ularning aholi bilan ishlashdagi natijalari va jamiyatdagi faolligi alohida tahlil etildi. Muhokamalar davomida mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashilib, faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

O'rganish yakunida mahalla faollari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qaratilgan ishlarni davom ettirish masalalariga e’tibor qaratildi.