Barcha yangiliklar
Buloqboshi tumani Vatan tayanchi bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati otryad a’zolarining tantanali “vada berish marosimi’’
Gallery image 74392
Gallery image 74393
Gallery image 74394
Gallery image 74395
Gallery image 74396
Gallery image 74397
Gallery image 74398
Gallery image 74399
Gallery image 74400
Gallery image 74401
Gallery image 74402
Gallery image 74403
Gallery image 74404
Gallery image 74405
Gallery image 74406
Gallery image 74407
Gallery image 74408
Gallery image 74409
Gallery image 74410
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
19 Dek 2025
14:19

Buloqboshi tumani Vatan tayanchi bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati otryad a’zolarining tantanali “vada berish marosimi’’

 Buloqboshi tumani hokimligi, Xalq deputatlari tuman Kengashi, Mudofaa ishlari bo‘limi, 9253-sonli harbiy qism hamda tuman hududidagi 2-, 7-, 8-, 9-, 23-, 29- va 31-sonli umumta’lim maktablarining Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbarlari va “Vatan tayanchi” guruhi a’zolari ishtirokida mazmunli va saviyali tadbir tashkil etildi. 

Ushbu tadbir davomida faxriy harbiylar ham tashrif buyurib yosh vatanparvarlarga o‘z tafsiyalarini berib kelgusida yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini oshirish, shuningdek, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining ahamiyati va uni o‘qitishdagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, “Vatan tayanchi” guruhi a’zolarining
faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim muassasalari va harbiy tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

Tadbir yakunida mazkur yo‘nalishda faol ishtirok etgan, o‘z mehnati va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan ishtirokchilarga Buloqboshi tumani hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qolindi.