Barcha yangiliklar
Nuroniy mahallasida sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari tinglandi
Gallery image 74249
Gallery image 74250
Gallery image 74251
Gallery image 74252
Gallery image 74253
Gallery image 74254
Gallery image 74255
Gallery image 74256
Gallery image 74257
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
13 Dek 2025
22:53

Nuroniy mahallasida sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari tinglandi

Bugun Toyloq tuman hokimi, tuman Kengashi raisi Behzod Raxmatullayev Nuroniy mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. 

Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan gaz va elektr energiyasi ta’minoti, ichimlik suvi, moddiy yordam, tibbiy xizmat ko‘rsatish, o‘qish uchun kontrakt to‘lovini qoplash hamda boshqa oilaviy masalalar yuzasidan bir qator murojaatlar bildirildi.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan har bir masala atroflicha tinglanib, ularni ijobiy hal etish maqsadida tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olindi.

Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev har bir murojaatni shaxsan o‘z nazoratiga olib, aholining muammolarini joyida hal etish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.

Tuman hokimi, tuman kengashi raisi

B.Raxmatullayev.