Barcha yangiliklar
Yangi Hayot mahallasida hokim yordamchisining faoliyati va chorak reja ijrosi o‘rganildi
Gallery image 74238
Gallery image 74239
Gallery image 74240
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
12 Dek 2025
22:43

Yangi Hayot mahallasida hokim yordamchisining faoliyati va chorak reja ijrosi o‘rganildi

Toyloq tuman Kengashi deputati B. Xamrayev Yangi Hayot mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida joyiga chiqdi.

Tashrif davomida, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash, oilalarning daromad manbalarini yaratish, tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hokim yordamchisining 4-chorakka mo‘ljallangan ish rejasi ijrosi, undagi vazifalarning bajarilish darajasi, rejalashtirilgan loyihalar va ularning amalga oshirilish mexanizmlari atroflicha o‘rganildi.

Deputat mavjud natijalarni baholab, samaradorlikni yanada oshirish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berdi.

Tuman Kengashi kotibiyat mudiri,

Tuman Kengashi deputati B. Xamrayev