Barcha yangiliklar
Xo‘jayuz mahallasidagi madaniyat uyi holati o‘rganildi
Gallery image 74215
Gallery image 74216
Gallery image 74217
Gallery image 74218
Gallery image 74219
Gallery image 74220
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
11 Dek 2025
22:24

Xo‘jayuz mahallasidagi madaniyat uyi holati o‘rganildi

17-Xo‘jayuz saylov okrugidan saylangan deputat tomonidan mahalliy aholi murojaatlariga asosan Xo‘jayuz mahallasida joylashgan madaniyat uyining hozirgi holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bino holati, mavjud sharoitlar, madaniy tadbirlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mas’ullar va mahalla faollari bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolar va takliflar tinglandi.

Deputat aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar yetkazildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratga olindi.

Tuman Kengashi deputati

O‘. Tangirov