Barcha yangiliklar
Bugun Toyloq tuman Kengashi deputati Aminova Matluba mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda “Toyloq bozori” MCHJ faoliyatini o‘rgandi.
Gallery image 74165
Gallery image 74166
Gallery image 74167
Gallery image 74168
Gallery image 74169
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
28 Noy 2025
21:55

Bugun Toyloq tuman Kengashi deputati Aminova Matluba mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda “Toyloq bozori” MCHJ faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida bozordagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlarning narx-navo holati, mahsulotlarning yetarliligi, xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar, savdo rastalari va do‘konlar faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahsulotlarning sanitariya-gigiyena talablari asosida saqlanishi ham sinchiklab o‘rganildi.

Bozor hududidagi obodonchilik ishlari ham baholanib, mavjud kamchiliklar bo‘yicha bozor ma’muriyati, tadbirkorlar va soha mutaxassislari bilan muhokama o‘tkazildi. Aniqlangan masalalarni qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

Aminova Matluba

Toyloq tuman Kengashi deputati